Yangi funksiya 16-sentyabrda chiqarilishi rejalashtirilgan iOS 18 da taqdim etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, endilikda iPhone komponentlarining — batareya, kamera, ekran seriya raqamlari haqidagi ma’lumotlar foydalanuvchi hisobiga ulanadi.
Agar ta’mirlangan qurilma yoqilganda, o‘rnatilgan yangi qism Activation Lock yoki Lost Mode funksiyalari faollashtirilgan iPhone’dan olinganligi aniqlansa, foydalanuvchi uni qulfdan chiqarish uchun parolni kiritishi kerak bo‘ladi.