O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Isroil Mirjamolovich Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Isroil Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Isroil Adhamov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!