O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida 18 davlat bilan muzokaralar o‘tkazdi va shulardan 14 davlat bilan muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolandi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Shuni ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada o‘tkazilayotgan JSTning 2024-yilgi Jamoat forumida ishtirok etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!