Jamiyat

Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tuzilmasiga ham oʻzgartirishlar kiritilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi.

Qarorga koʻra,  Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Bosh boshqarmaga tegishli bino va inshootlar, avtotransport vositalari hamda tovar-moddiy aktivlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, Toshkent viloyati hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazilishini taʼminlaydi.

Tugatilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlar Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkaziladi.

Shuningdek,  Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi ham ixchamlashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra,Urganch obodonlashtirish boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalining qayta shakllantiriladi.

Urganch shahar hokimligi huzuridagi «Shovot» madaniyat va istirohat bogi» davlat unitar korxonasini Shovot kanali hududlarini obodonlashtirish uchastkasi sifatida Urganch obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshib yuboriladi.

Urganch obodonlashtirish boshqarmasi «Shovot» madaniyat va istirohat bogi» DUKning barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.