Xitoy va AQSh kabi koʻplab davlatlar mintaqada oʻz taʼsirini oshirishga harakat qilayotgan bir paytda Turkiya kuchli siyosiy, tijorat va mudofaa ittifoqlarini qurish orqali oʻzini kuchli oʻyinchi sifatida koʻrsatmoqda. Bu haqda «Financial Times» xalqaro gazetasiga tayanib «Yeni Shafak» ma’lum qildi.
Nashrning ta’kidlashicha, 2003-yildan buyon Turkiya Afrikadagi elchixonalar sonini deyarli 4 barobarga oshirib, 44 taga yetkazdi va qit’aning mudofaa sektorida muhim o’yinchiga aylandi.
Turkiya va Afrika davlatlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi oʻtgan yili 32 milliard dollarga yetib, 2013-yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!