Turkiyada fabrika portlab ketdi. Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi jabrlanganlar haqida maʼlumot berdi.
Turkiyaning Sakarya viloyatida joylashgan fabrikada portlash sodir boʻldi. Bosh konsulxona axborot xizmati jarohatlanganlar orasida oʻzbekistonliklar yoʻqligini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 15 sentyabr kuni Sakaryaning Hendek tumanida joylashgan Oba makaron fabrikasida texnogen avariya natijasida portlash sodir boʻlib, yongʻin yuzaga kelgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash yem siloslari joylashgan hududda boshlangan. Fabrikada ishlagan 27 nafar ishchi jarohatlanib, ulardan 6 nafarining ahvoli ogʻir.
Voqea yuzasidan Hendek tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv boshlangan. Mazkur fojiada jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari aniqlanmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!