Zelenskiy telekompaniyaga nega AQShdan katta yordam va Yevropadan yetkazib berilgan yuklarni qabul qilganidan keyin Ukraina Qurolli Kuchlarida hali ham qurol-yarog‘ yetishmasligini tushuntirdi.
«Birinchidan, hammasi juda sekin ketmoqda. Ikkinchidan, 14 ta brigada tayyor bo‘lishi kerak. Biz hatto to‘rttasini ham jihozlamadik», — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning eslatishicha, AQSh Kongressi Ukrainaga yordam berishga qaror qilar ekan, mamlakat barcha zaxiralarini tugatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, armiya qo‘lidan kelgan barcha narsani ishlatgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!