Transport vazirligining ma’lum qilishicha, holat shu yil, 16-sentabrda “Kosmonavtlar” bekatidan ketishi kerak bo‘lgan 33-sonli harakat tarkibining nosozligi sabab yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, bunday vaziyat o‘sha kuni soat 13:23 lar atrofida bo‘lgan.
“Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 5 daqiqa ichida bartaraf etilgan va harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda”, – deyiladi “Toshkent metropoliteni” rasmiy izohida.
Vazirlik matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning aytishicha, bu 2 metro bekati 1 ta — “O‘zbekiston” yo‘nalishida joylashgani sabab “Kosmonavtlar”dagi holat “Beruniy”ga ta’sir qilgan.
“Beruniy” shu liniyadagi yo‘lovchi oqimi eng yuqori bekat hisoblanadi. U yerda bir nechta OTM joylashgan. “Kosmonavtlar”dagi poyezdning qanchadir vaqtga to‘xtab qolgani boshqalarining harakat jadvaliga ta’sir qilgan. Shular sabab tirbandlik yuzaga kelgan. Odatiy kunlarda bunday bo‘lmaydi”, – deydi u.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!