Jahon

Britaniya:Ukraina AQSHning roziligisiz Rossiyadagi nishonlarga zarba bera olmaydi.

Britaniya:Ukraina AQSHning roziligisiz Rossiyadagi nishonlarga zarba bera olmaydi.

Britaniya Ukrainaga AQShning roziligisiz Rossiyadagi nishonlarga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniyaning 5 nafar sobiq mudofaa vaziri va sobiq bosh vazir hukumatning amaldagi rahbari Kir Starmerni mustaqil harakat qilishga chaqirgan. Ularning fikricha, kechikishlar Putinga yanada dalda beradi. Biroq, Britaniya «boshqa davlatlarning qarorisiz bunday ruxsat bera olmaydi».

«Hukumat, Bayden ma’muriyati bu masalada ikki tomonga bo‘lingan bo‘lsada, AQSh Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ruxsatni e’lon qilishi mumkin deb hisoblaydi», deb yozadi gazeta.