Jahon

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti 32 yillik faoliyatini yakunladi

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti 32 yillik faoliyatini yakunladi

Niderlandiyaning «Chegara bilmas shifokorlar» — MSF tashkiloti Rossiyadagi faoliyati yakunladi. Bu haqda o‘z rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

Xabarga ko‘ra, 2024-yil avgust oyida MSF tashkiloti Adliya vazirligidan ularning Rossiyadagi filiali xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari filiallari va vakolatxonalari reyestridan chiqarilganligi va Rossiya vakolatxonasini tugatish talabi bilan xat olgan.

Maʼlumot uchun, MSF Rossiya va Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar tibbiyot akademik hamjamiyati hamda mintaqadagi penitensiar va fuqarolik sektoridagi bemorlarga sil kasalligini samarali, innovatsion davolash uchun ko‘mak bergan.

Ta’kidlash joizki, 2024-yil boshida “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti Checheniston va Donbassda razvedka maʼlumotlari yig‘ayotgani va “xayriya faoliyati niqobi ostida” odamlarni yollash bilan shug‘ullanayotgani mazmunidagi xabar tarqatgan.