Jamiyat, Jinoyat

DXX: Urganch shahrida 2,9 mlrd. soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

DXX: Urganch shahrida 2,9 mlrd. soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaro oʻzining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 soʻmni tashkil qiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.