O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini rasman ma’lum qildi.
“Tolibon”ning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ham o‘z bayonotida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisining missiyasi 12 yillik faoliyatidan so‘ng yakunlanganini aytdi. Abdul Salom Hanafiy O‘zbekiston elchisining ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. Shodmonov faoliyatini yakunlab, O‘zbekistonga qaytmoqda.
Hozirda Shodmonov o‘rniga kim tayinlanishi noma’lum.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!