Jamiyat

Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.N. va boshqalar tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Qarshi shahri “Naqshab” MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 232,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.