Rossiyada oʻzbekistonlik migrantlar ushlandi. Soʻlagi orqali jinoyatga aloqadorligi tekshirilib, ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida xavfsizlik kuchlari mahalliy bozorlarda reyd oʻtkazdi, natijada 520 kishi, jumladan, 417 nafar xorijlik qoʻlga olindi. Bu haqda Tergov qoʻmitasining Krasnoyarsk oʻlkasi va Xakasiya Respublikasi boʻyicha departamenti xabar berdi.
Hibsga olinganlarning “jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish” uchun ogʻiz boʻshligʻidan surma olingan. Qoʻlga olinganlar orasida Oʻzbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari ham borligi taʼkidlanmoqda. Aytilishicha, ular Rossiyada “migratsiya qonunchiligini buzgan holda” boʻlgan. Ushbu shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi qoʻzgʻatilib, kamida 7 nafar shaxsga nisbatan deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!