Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Falastin tomonidan taqdim etilgan, Isroildan Xalqaro Sud qaroriga rioya etishi va bir yil ichida bosib olingan Falastin hududlarini tark etishini talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini yoqlab ovoz berdi.
Rezolyutsiyani 124 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Belgiya, Braziliya, Qatar, Xitoy va Fransiya qo‘llab-quvvatladi, 14 davlat, xususan, Vengriya, Isroil, AQSH va Chexiya qarshi chiqdi, yana 43 davlat ovoz berishda betaraf qoldi. Rezolyutsiyani qabul qilish uchun uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak edi.
BMT rezolyutsiyalari, Xavfsizlik Kengashi hujjatlaridan farqli o‘laroq, majburiy yuridik kuchga ega emas.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!