Biz hech kimni xafa qilmaymiz. Biz Donetsk bilan qanday tamoyillar bo‘yicha hamkorlik qilgan bo‘lsak, Ukraina bilan ham xuddi shunday qilishga tayyormiz”, dedi Belarus prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus Donetsk viloyati Ukraina tarkibida bo‘lganida u bilan ham hamkorlik qilgan.
Lukashenkoga ko‘ra, Belarus hech qanday xalqaro me’yorlarni buzmagan holda DXR bilan hamkorlik qiladi. U Belarus tomoni respublika bilan hech qanday vositachilarsiz hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.
“Xuddi shu yondashuv Ukraina bilan hamkorlikka ham tegishli. Biz tinchliksevar xalqmiz. Do‘stligimiz va hamkorligimiz asosi faqat tinchlikdir”, deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Belarus yetakchisi bir necha bor Rossiya va Ukrainani harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan. Avgust oyida “Global janub ovozi” sammitida u mamlakatni muzokaralar uchun maydon sifatida taklif qilgan.