Siyosat

Deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olindi

Deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olindi

Ilk bor barcha deputatlik o‘rinlariga 5 ta partiya tomonidan 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Bunday natija O‘zbekiston milliy saylov tarixida birinchi marotaba qayd etilgan.

Nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar inklyuzivlikka ham alohida eʼtibor qaratganini kuzatish mumkin. Jumladan, Qonunchilik palatasi saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 11 nafar va mahalliy kengashlar saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 605 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. Bunday yuqori darajadagi inklyuzivlik birinchi marotaba kuzatilmoqda.

Nomzodlarning 973 nafari tojik, 588 nafari qozoq, 146 nafari turkman, 141 nafari qirg‘iz, 67 nafari rus va boshqa millatlarni tashkil etadi.

Eʼtiborlisi, nomzodlar orasida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, vazirlar Ozodbek Nazarbekov, Sherzod Shermatov, Aziz Abduxakimov, Akbar Tashkulov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ham bor.