Unga ko‘ra, o‘tgan qish mavsumida yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lgan, Vaxsh daryosining shakllanish hududlarida suv bilan ta’minlanish darajasi past bo‘lgan.
Aholining va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining yildan yilga ortib borishi mavsumiy elektr energiyasi taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan soha mutaxassislari joriy yilda ham bir milliard kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasining mavsumiy taqchilligini prognoz qilmoqda, deyiladi murojaatda.
“Barki tojik” aholini kuz-qish mavsumida elektr energiyasidan tejamkor foydalanishga chaqirmoqda.
21-sentabrdan boshlab qishloq aholisiga kuniga 8 dan 10 soatgacha – ertalabki 05:00 dan 08:00 gacha va 17:00 dan 22:00 gacha elektr energiyasi berila boshlandi.“Barki Tojik” avvalroq elektr taʼminotidagi uzilishlar infratuzilmaning ortiqcha yuklarga umumiy zaifligi bilan bog‘liqligini aytgandi.