“Turkiya Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini sabr bilan davom ettirmoqda, global xavfsizlik tizimi esa barbod bo‘lmoqda”, – deydi Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
“Uchinchi yil davom etayotgan Ukrainadagi urush mintaqaviy va global barqarorlikka tahdid solmoqda. Biz birinchi kundan boshlab mintaqada mustahkam tinchlikka erishish uchun diplomatiyaga ustuvor ahamiyat berish kerakligini ta’kidlaymiz. Biz har bir to‘kilgan qon tomchisini va mojaroning har bir kunini katta yo‘qotish deb bilamiz. Buni tushunib, biz adolatli tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y – harakatlarimizni sabr bilan davom ettirmoqdamiz”, – degan AQShga tashrif buyurgan Turkiya rahbari.
“Men ham quyidagilarni ta’kidlashni istardim. Global tizim o‘zining barcha samaradorligi va obro‘yini yo‘qotishni boshladi. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash vazifasi bo‘lgan institutlar aniq axloqiy inqirozni boshdan kechirmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!