“Isroil va ‘Hizbulloh’ o‘rtasidagi mojaro kuchayib, keng ko‘lamdagi mintaqaviy urush xavfi tug‘ilgani sababli AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha qo‘shin yubormoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
Biroq Rayder mintaqaga qancha amerikalik askar ko‘chib o‘tishi va ularning vazifalari qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi. AP’ning eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar hozirda Yaqin Sharqda 40 mingga yaqin askarga ega.
Isroil bugun 23-sentyabr kuni Livandagi “Hizbulloh”ning 800 ga yaqin nishoniga raketa zarbalari berdi. The Times of Israel gazetasining xabar berishicha, Isroil harbiylari Livan fuqarolarini qurollar saqlanishi mumkin bo‘lgan tinch aholi uylariga hujum qilishlari haqida ogohlantirgan.
Shuningdek, Isroil bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni Livandan kamida 180 ta raketa uchirilgan.