Jamiyat, O‘zbekiston, Siyosat

Bu yil kimlar deputatlikka oʻz nomzodini qoʻydi?

Bu yil kimlar deputatlikka oʻz nomzodini qoʻydi?

 Xabaringiz bor, bu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Ayni vaqtda esa saylov oldi jarayonlar ketmoqda.

“Yuksalish” harakati taqdim qilgan maʼlumotda mazkur 5 ta siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilayotgan nomzodlarning qisqacha roʻyxati keltirilgan.

Jumladan, siyosiy partiyalarning parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga qoʻyilgan nomzodlari tarkibidagi lider ayollar quyidagicha:

 

 

Deputatlikka nomzodi qoʻyilganlar orasida respublika tashkilot vakillari ham bor:

 

 

Shuningdek, madaniyat, sport va sanʼat sohalaridagi quyidagi taniqli shaxslar ham siyosiy partiyalar deputatligiga oʻz nomzodlarini ilgari surmoqda:

 

 

Bundan tashqari, olimlar va ziyolilar ham deputatlik saylovlarida oʻz nomzodlari bilan ishtirok etadi:

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda parlamentga saylovlar ilk bor aralash tizim — majoritar va proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda.

Parlament deputatligiga jami nomzodlarning 44,7 foizini, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning 42,5 foizini ayollar tashkil etadi.

Nomzodlarning 99,3 foizi oliy maʼlumotli hisoblanadi.

Taʼkidlanishicha, Parlament deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil — 25 yoshda. Mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil esa — 21 yoshda.