Partiyaning bosh maqsadi – mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash.
Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakatimiz har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishish.
Saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan bu kabi muhim maqsad-vazifalar aholiga keng targ‘ib etilmoqda.
Jumladan, Toshkent Botanika bog‘ida partiya vakillari tomonidan o‘tkazilgan saylovoldi targ‘ibot tadbirida partiya Saylovoldi dasturida belgilangan aholining qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida ilgari surilayotgan takliflar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda saylovchilar partiyaning hayotiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga va partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz berishga chaqirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!