Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida ehson qutisini ochishga uringan shaxs qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olindi. “Xorazm bugun” Telegram-kanalining xabar berishicha, hodisa bugun, 25-sentyabr kuni ertalabki 06:15 larda sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, ehson qutisidagi pullarni o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!