Afg‘onistonning Parvon viloyatida noma’lum kasallik avj olishi ortidan xavotir ko‘paymoqda. Bu haqda “Ariana News” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida Parvonning Shinvar tumanidagi Dara Kashfon hududining 500 dan ortiq aholisi noma’lum virusni yuqtirgan. Viloyat gubernatori matbuot kotibi Hikmatulloh Shomim ham buni tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt kun ichida Parvonning Shinvar tumanidagi Dara Kashfon hududining 500 dan ortiq aholisi ushbu kasallikka chalingan va ularning soni ortib bormoqda.
“Ushbu kasallik tufayli ikki kishi vafot etgan, yana 50 kishi og‘ir ahvolda”, deydi mahalliy rasmiylar.
Qayd etilicha, sog‘liqni saqlash guruhlari kasallikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududga yetib borgan va virusni yuqtirgan odamlardan qon namunalari olgan.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kasallikning alomatlari jismoniy nogironlik, kuchli mushak og‘rig‘i, kuchli diareya va isitma ekanini ma’lum qilgan.
Qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!