Jahon

Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasi qanday boʻladi?

Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasi qanday boʻladi?

Kremlda boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashi majlisida prezident Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasiga kiritilgan qoʻshimchalar va aniqliklar haqida aytib berdi.

▪️ Rossiyaga qarshi qaratilgan agressiya, u hatto yadroviy boʻlmagan davlat tomonidan, lekin yadroviy davlat ishtirokida yoki uning yordamida amalga oshirilgan taqdirda, bu ularning birgalikdagi hujumi deb qabul qilinadi va yadroviy qurol bilan javob qaytarishga asos boʻladi.

▪️ Agar dushmanning havo-kosmik hujum vositalarining (samolyotlar, raketalar, uchuvchisiz apparatlar) yoppasiga start olgani va ularning Rossiya chegarasini kesib oʻtgani aniqlanganda — Rossiya yadroviy quroldan foydalanishi mumkin.

▪️ Ushbu tahdidlar ittifoqchi Belarusga qarshi amalga oshirilganida ham — Rossiya yadroviy quroldan foydalanishi mumkin.

▪️ Agar dushman yadroviy boʻlmagan qurol yordamda Rossiya yoki Belarus suverenitetiga tahdid solganida —  Rossiya yadroviy qurol bilan javob qaytarishi mumkin.

Shu bilan birga, Rossiya yadroviy qurolining tarqalishiga qarshi va undan foydalanishga juda katta javobgarlik bilan yondashadi. Yadroviy doktrinadagi oʻzgarishlar — uning bugungi kun voqeligiga moslashtirish maqsadida kiritilgan, — dedi Putin.