Federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. tashkilotga tegishli korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln soʻm mablagʻni yechib olib, oʻzlashtirgan.
Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Yu.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MChJ tashkil qilib, sportchilar sogʻligʻini monitoring qilishga moʻljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln. soʻm mablagʻni jamiyat hisobiga oʻtkazib, talon-toroj qilgan.
Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli boʻlgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln soʻm mablagʻni yechib olib, oʻzlashtirgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini koʻrsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln. soʻm mablagʻlari oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qoʻllanildi.
Avval suzish federatsiyasidagi talon-torojliklar haqida maʼlumot berilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!