Jamiyat

Bugun deputatlar o’z nomini oqlay oladimi?

Bugun deputatlar o’z nomini oqlay oladimi?

Bugun, soat 17:00 da O‘zbekistondagi mavjud 5 ta partiya raisi debat uyushtirishi kutilmoqda. Shu vaqtgacha partiya raislarining biron dolzarb mavzu yuzasidan tortishgani yoki bir-birlarini jiddiy tanqid qilgani kuzatilmagan.

Odatda «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov turli mavzular yuzasidan shaxsiy pozitsiyasini o‘z sahifasida e’lon qilib keladi. O‘zLiDeP raisi Aktam Hayitov esa “Biz ko‘p go‘sht yeyapmiz” iborasi bilan xalq orasida tanilgan.

«O‘zLiDeP» partiyasi raisi Aktam Hayitov, «Ekopartiya» boshchisi Abdushukur Xamzayev, XDP lideri Ulug‘bek Inoyatov va «Adolat» raisi Robaxon Mahmudovalarning ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalari mavjud. Ammo, ular jamiyatdagi biron voqeaga nisbatan shaxsiy, mulohaza va munosabatlarini deyarli bildirmaydi, yanayam to‘g‘rirog‘i jur’at qilmagan.