Jamiyat, Jinoyat

Baliqchilik bahonasida tabiatga 1 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Baliqchilik bahonasida tabiatga 1 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmalari xodimlari o‘tkazgan navbatdagi tezkor nazorat tadbirida Angor tumanidagi “Kattaqum” massivi hududidan qum xom ashyosini noqonuniy olish holatiga duch keldi.

Bu haqda xabar bergan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligidan baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun ijara asosida yer olgan Bahodir Shoto‘rayev (ism-sharif o‘zgartirildi) hududdagi yer maydonida baliqchilik xo‘jaligini tashkil etish o‘rniga shartnoma shartlarini buzib, foydalanib kelgani aniqlandi.

Noruda materiallar qazib olingan hududda marksheyderlik o‘lchovi o‘tkazilganida u 14550,46 kub-metr qum qazib olgani va tabiatga 1 milliard 50 million 543 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.