Baliqchilik bahonasida tabiatga 1 mlrd. so‘mdan ortiq zarar yetkazildi.
Surxondaryoda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Angor tumanidagi «Kattaqum» massivida qum xom ashyosini noqonuniy olish holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, yerni baliqchilik uchun ijaraga olgan shaxs qoidalarni buzib, 14 550 kub-metr qum qazib olgan va tabiatga 1 milliard 50 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!