Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yashovchi fuqaro ichki organlarini 9 million tengega (18,8 ming dollar) sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Viloyat prokuraturasi holatni internet tarmog‘ini kuzatayotganda aniqlagan. Shundan so‘ng joriy yilning 25 -sentyabr kuni prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zining ichki organlarini jami 9 million tengega sotish bo‘yicha noqonuniy bitim tuzmoqchi bo‘lgan fuqaro E. ismli erkak qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Inson a’zolari va to‘qimalarini olib tashlashga yoki qonunga xilof ravishda olib tashlashga majburlash) 1-qismi bilan sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!