Isroil Hizbulloh shtab-kvartirasiga tashkilot rahbariyatining uchrashuvi haqida maʼlumot olganidan so‘ng zarba bergan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Ismi oshkor etilmagan Isroil rasmiylariga ko‘ra, Isroil razvedkasi Hizbullohning qarorgohi Bayrut janubida, to‘rtta ko‘p qavatli bino ostida joylashganini bilgan. Juma kuni Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va boshqa rahbarlar uchrashuv uchun u yerga kelgani haqida maʼlumot oladi va shundan so‘ng ular bir qator havo hujumlari uyushtirishga qaror qilishadi. Hujum davomida Isroil bunkerlarni urishga qodir bo‘lgan o‘q-dorilardan ham foydalanganlar. Isroil Nasrullohni omon qolmagan deb hisoblamoqda.
Jurnalistlarning xabar berishicha , hujum natijasida to‘rtta ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan (uchtasi butunlay, to‘rtinchisi qulagan), yaqin atrofdagi yana to‘rtta ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan.
Isroil Livanda quruqlikdagi operatsiyani boshlash arafasida. Zaxiradagilarning 100 foizi, jumladan, ayollar ham safarbar qilinishi eʼlon qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!