Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya bu odamlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Kanadaga olib ketiladi, degani emas. Vazirning ta’kidlashicha, maqsad ularni xavfsiz joyga olib borish, bunday joylardan biri Kipr bo’lishi mumkin.

Blerning CTV telekanaliga aytishicha, uning departamenti evakuatsiyaga yordam berish uchun Livan hududiga harbiy kema ham yuborgan va qo‘shimcha 150 nafar askar jo‘natilgan.

Vazirning eslatishicha, 2006-yilda Isroil va Hizbulloh harakati o‘rtasidagi ziddiyat kuchayganida Kanada vatandoshlarini evakuatsiya qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tanqid qilingan, shu bois bu safar harbiylar zudlik bilan mintaqaga yuborilgan.

2006-yilda Kanada hukumati Livandan 14,3 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgandi.