Jamiyat

Endi o‘qituvchilarga ham uy sovg‘a qilinadi

Endi o‘qituvchilarga ham uy sovg‘a qilinadi

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda maʼlum qilinishicha, «Yil o‘qituvchisi» tanlovida 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lganlarga uch xonali uy beriladi.

Shuningdek, muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi, kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Bundan tashkari, sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi. Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi. Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetishi va kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriya va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.