Hindistonning markaziy Uttar-Pradesh shtati Xatras shahridagi xususiy maktablardan birida ikkinchi sinfda oʻqiyotgan yetti yoshli bola qurbonlik qilish marosimida oʻldirilgan. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qildi.
Qayd etilishicha, qurbonlik marosimi maktabi egalari tomonidan muassasa daromadlari ortishi uchun oʻtkazilgan.
Ushbu ish yuzasidan xususiy maktab egasi Jasodxan Singx, uning maktab direktori boʻlgan oʻgʻli Dinesh Baghel va uch nafar oʻqituvchi hibsga olingan, deb yozadi Hindustan Times gazetasi.
Bola maktab yotoqxonadagi oʻz toʻshagida oʻlik holda topilgan. Politsiya xodimi Himanshu Mathurning maʻʻlum qilishicha, bola Baghelning otasi tomonidan qora jodu marosimi oʻtkazilgunga qadar oʻldirilgan.
«Bola maktabning muvaffaqiyati va shon-shuhratini ta’minlashga qaratilgan marosimning bir qismi sifatida qurbon qilingan», dedi katta politsiya xodimi Nipun Agarval Times of India nashriga.
Agarval, shuningdek, direktor va uning otasi avval ham xuddi shu sababga koʻra boshqa oʻgʻil bolani qurbon qilishga uringani, ammo reja barbod boʻlganini ta’kidladi.
Hindiston Milliy Jinoyatlarni qayd etish byurosi mamlakatda 2014-2021 yillar davomida 103 odam qurbon qilinganini qayd etgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!