O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yana-da rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-104-son, 23.07.2024 y.) ga ko‘ra 1-oktyabrdan zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi.
Bundan tashqari farmonga muvofiq:
–2024–2026-yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;
–zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;
–2025-yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSH dollariga va eksport ko‘rsatkichi 100 million AQSH dollariga yetkaziladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!