Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-sentyabrdagi qarori bilan Qirg‘iziston hukumati bilan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga berish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Ro‘yxatga “Markaziy Osiyoning oltin qumlari” (“Zolotiye peski Sentralnoy Azii”, sobiq “Bostery”), “Rohat-NBU“ (sobiq “Raxat”), “Dilorom” (sobiq “Enasoy”) hamda qurilishi tugallanmagan “Bo‘ston” pansionatlari kiritilgan.
Hujjatga ko‘ra, obyektlarga egalik qilish huquqi O‘zbekistondagi kompaniyalarga uzoq muddatli foydalanish uchun, yer esa ijara asosida beriladi.
⁃ “Oltin qumlar” pansionati “Toshkent mexanika zavodi”ga topshiriladi;
⁃ “Dilorom” pansionati “Asakabank”ka o‘tkaziladi;
⁃ “Rohat” pansionati O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga (O‘zmilliybank) beriladi;
⁃ “Bo‘ston” nomli qurilishi tugallanmagan obyekt “O‘zsanoatqurilishbank”ka o‘tkaziladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!