Bosniya va Gertsegovinada kuchli yogʻingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlarida 18 kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Mamlakat janubidagi Gertsegovina-Neretva kantoni hukumati tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotda aytilishicha, Yablanitsa va Konjich shaharlarida sodir boʻlgan suv toshqinlaridan soʻng 16 kishining jasadi topilgan, qurbonlar orasida bir bola ham bor.
Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Jarayonga armiya ham jalb qilingan.
Bosniya va Gertsegovinadagi suv toshqinlari Foynitsa va Kiselyak shaharlariga ham ta’sir qildi. Foynitsada suv toshqini tufayli 2 kishi halok boʻldi.
Bosniya va Gertsegovina Prezidentlar Kengashi raisi Denis Bekirovich toshqindan eng koʻp zarar koʻrgan Yablanitsaga tashrif buyurdi. U odamlarga yordam berish uchun barcha choralar koʻrilishini ma’lum qildi.
Bosniya va Gertsegovinadagi koʻplab muassasa va tashkilotlar yordam kampaniyasini, jumladan, mablagʻ yigʻishni boshladi.
Ma’lumot uchun, Bosniya va Gertsogovina Janubi-Sharqiy Evropadagi Bolqon yarimorolida joylashgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!