Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktabr kuni tushdan keyin Oktyabr qirg‘oq bo‘yidagi 26-uy yonidagi axlat konteyneri orqasida qonga belangan jasad topilgan.
Aniqlanishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelgan va Murino shahrida yashagan. Jasad ekspertiza va o‘limning aniq sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan. Voqea yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, politsiya voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!