Jamiyat, Jinoyat

YPX inspektori tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

YPX inspektori tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Kecha, 6-oktyabr kuni Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori tomonidan Uysozlar ko’chasida MAN rusumli yukavtomobili to‘xtatilib, haydovchining ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilgan.

Tekshiruv natijasida ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.T. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi, deyiladi xabarda.