Namanganda katta tezlikda harakatlangan Gentra boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.
Uch kishi vafot etgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, 5 nafar maktab o‘quvchilari tomonidan Gentra avtomobili ijaraga olingan. Voyaga yetmagan yigit mashinani katta tezlikda boshqarib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki tomonlama yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan oshib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Zil rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
Haydovchi yo‘ldayoq vafot etgan. Qolgan 4 nafar (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) jabrlanuvchilar esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!