Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyi davomida telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni o‘rganish natijasida ortiqcha olingan (hisoblangan) 115 mln so‘m mablag‘ isteʼmolchilarga qaytarilgan.
Murojaatlarda aloqa sifati pastligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlarga, shu jumladan pullik kontent xizmatlarga ulab qo‘yish, qo‘shimcha moliyaviy va savdo xizmatlari ko‘rsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzish, xizmat narxlari va tarif shartlarini oshishi kabi muammolar bildirilgan.
Shu bois, Raqobat qo‘mitasi telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini isteʼmolchilar huquqlarini buzmaslik borasida qatʼiy ogohlantirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!