Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida MDH davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu borada Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamkorlik dasturiga alohida e’tibor qaratilishi ma’lum qilindi.
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida MDH davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
“Avvalo, MDH doirasidagi oʻzaro hamkorlik Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʻkidlamoqchiman”, — dedi Rossiya rahbari yigʻilishni ochar ekan.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya uchun Hamdoʻstlik mamlakatlari eng yaqin qoʻshni, doʻst va strategik sherikdir.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov MDH davlatlari rahbarlari Moskvadagi sammitda xavfsizlik sohasida qator hujjatlarni qabul qilishini ma’lum qilgan edi.
Xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan, bu borada Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamkorlik dasturiga alohida e’tibor qaratilmoqda, – dedi Ushakov jurnalistlarga.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!