Jamiyat

MIB: yuk mashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi

MIB: yuk mashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi
Zafarobod tuman soliq inspeksiyasining soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarorlariga asosan “Z.S.I.K.“ MCHJ dan jami 103 mln. so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro varaqasi Majburiy ijro Byurosining Zafarobod tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli barcha mol-mulklarga va hisob raqamlarga taqiq o‘rnatilgan. Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan jamiyat mas’ullari ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatga tegishli 1 dona “KAMAZ” rusumli yuk mashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi.

Agar jamiyatning ijro hujjati bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmagan taqdirda, mazkur mulklar elektron onlayn-auksion savdolarida sotiladi va mablag‘lar undiruvchining hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.