Keksalar uсhun turizm oyligi munosabati bilan Uzbekistan Airways barcha ekonom klassdagi tariflarga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Chegirma 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga amal qiladi.

Chegirmali aviachipta xarid qilayotganda O‘zbekiston fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi bo‘lishi kerak.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ham shu sana davomida “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari mahalliy yo‘nalishlar uchun chiptalarning tarif qismidan 20 foiz chegirmalar belgiladi.

Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo‘nalishlarga amal qiladi.

Chiptalarni O‘zbekiston temiryo‘l kassalaridan pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda xarid qilishi mumkin.