Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga salom bermagani uchun jazolangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan universitet rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday masʼul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan.
“Talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala hisoblanadi”, — deyiladi munosabatda.
Biroq talabaning uzr so‘rab, tushuntirish xati yozishga majburlangani yuzasidan izoh berilmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!