Kecha, 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasida giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi 32 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Barcha holatlar yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 273-moddasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. IIBB tomonidan ushbu tadbir joriy yil 20-oktyabrgacha davom etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!