27-oktabr kuni O’zbekistonda katta va muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Yoshlarning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.
Shu maqsadda respublikaning turli hududlarida yoshlarni huquqiy bilimlar bilan boyitishga qaratilgan forum va festivallar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Xorazm viloyatining Urganch shahri markazida “Yoshlar va saylov” forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi.
Qolaversa, yigit-qizlar uchun foydali bo‘lgan 10 ga yaqin loyihalar, platformalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!