Moldova hukumati Rossiyada yashayotgan fuqarolarni ovoz berish huquqidan mahrum qilmoqda.
Moldovada 20-oktyabr kuni prezident saylovi va respublikaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi borasida aholi fikrini o‘rganish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.
Lekin Rossiyada yashayotgan Moldova fuqarolari ovoz berish huquqidan deyarli mahrum qilingan. Chunki, dastlab MSK tomonidan eʼlon qilingan 5ta saylov uchastkasi o‘rniga (Moskva, Sankt-Peterburg, Surgut, Yaroslavl) faqat 2ta ochiladi – Moskvada.
Kishinev Rossiyada yashayotgan 500 ming Moldova fuqarolari uchun atigi 10 ming dona ovoz berish byulleteni ajratgan, dedi Mariya Zaxarova.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!