Iqtisod

O‘zbekistonda 1 gramm oltin bahosi 1,1 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 1 gramm oltin bahosi 1,1 mln so‘mdan oshdi

16-oktyabr kungi kotirovkalarda 5 grammli quyma oltin narxi 5 mln 625 ming so‘mni tashkil qildi. Jahon bozorida esa bir unsiya oltinning narxi 2677 dollarga yetdi. So‘ngi 20 yil ichida 534 foizga qimmatlashgan oltin jamg‘arish vositasi sifatida foydalimi?

Markaziy bank 16-oktyabr kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 125 ming so‘mdan oshdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 5 mln 625 ming so‘mni, 10 grammli esdalik tanga narxi 11 mln 249 ming so‘mni tashkil qilmoqda.