Sergeli tumanidagi hududiy tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi sherigi bilan birgalikda fuqaro F.E.ning 61 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bu haqda Prokuratura Departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, firibgarlik sodir etgan shaxslar fuqaroga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishini va’da qilishgan. Va undan oldindan to‘lov qilishi so‘rashgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!